Saka Fransiyaga qarshi o'yindagi xet-trikdan so'ng: "Jahon chempionatida ko'proq o'ynashni xohlagandim"

19 iyul 2026, 10:20
Angliya terma jamoasi vingeri Bukayo Saka JCH-2026da faqatgina bitta to'liq o'yin o'tkazganidan afsusda ekanini bildirdi.

U Fransiyaga qarshi 3-o'rin uchun kechgan bahsda to'liq harakat qilib, xet-trik qayd etdi.

"Arsenal" futbolchisi Argentinaga qarshi kechgan yarim final (1:2) uchrashuvida zaxirada qoldirilgan edi. U JCH-2026 doirasidagi umumiy 7 ta o'yinda o'z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

"- Albatta, ko'proq o'ynashni xohlagandim. Lekin hozir bu haqda gapiradigan vaqt emas. Maydonda o'z o'yinim bilan gapirishga harakat qilaman. Hammasi ortda qoldi. Oldinga harakat qilamiz”.

O'xshash yangiliklar


Manba: FAPL.ru