


"O'shanda Terri menga qo'ng'iroq qilgan. U mening raqamimni olish va men bilan bog'lanish uchun kuchli xarakter ko'rsatgan.
"Arsenal"ning aksariyat o'yinlaridan keyin menga murojaat qilib turadi. U haligacha klubga befarq emas. Terri – ajablanarli inson. U shu kungacha Rober Pires bilan birgalikda meni qo'llab-quvvatlab kelgan. Ulardan minnatdorman. Ular – afsona, maydonda zo'r o'yin namoyish etishgan", – dedi Saka.


