

Uchrashuvda jangovar durang qayd etildi - 2:2. Penaltilar seriyasida esa omad Gabonga kulib boqdi.
Shu tariqa, ilk turda O'zbekistonga mag'lub bo'lgan Gabon musobaqada 3-o'rinni oldi. Trinidad va Tobago esa 4-pog'onada qoladigan bo'ldi.
Endi soat 19:00 da musobaqa g'olibligi uchun O'zbekiston Venesuela bilan to'qnash keladi.
Trinidad va Tobago – Gabon 2:2 (penaltilar bo'yicha – 2:3)
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 15:00
Gol: Levi Garsiya 53’, 90’ – Gelor Kanga 33’, Edlin Matuti 54’
Trinidad va Tobago: 1.Jabari Brays, 2.Deron Peyn (Noa Povder, 80), 4.Jerrin Jeki, 6.Adam Perr (Dueyn Makett, 88), 8.Rio Kardines, 9.Nataniel Jeyms (Jon-Pol Rochford, 80), 11.Levi Garsiya, 17.Jastin Garsiya (Daniel Devid, 90+4), 18.Andre Rampersad, 19.Roald Mitchell (Reon Mur, 46), 20.Real Gill (Dantey Gilbert, 46).
Gabon: 16.Fransua Bekale, 4.Yoxan Obiang, 6.Yoann Obiang, 9.Teddi Averlant (Ben Kabinambele, 75), 10.Shevi Babika (Sambissa, 41, M’Bemba, 62), 12.Gelor Kanga, 13.Mik Omfia, 15.Nze Samake, 20.Edlin Matuti (Noa Lemina, 75), 21.Jeremi Oyono, 22.Dide Ndong.
Ogohlantirishlar: Nze Samake (25), Deron Peyn (36), Andre Rampersad (76).
Chetlatish: Nze Samake (56).



