Ruben Diash: "O'zbekistonga qarshi o'yin uslubimizni o'zgartirmaymiz"

Оқил Абдубарноев
21 iyun 2026, 21:43
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Ruben Diash O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan bo'lajak raqibning mudofaada juda zich o'ynashiga munosabat bildirdi.

"Biz doim o'z tamoyillarimizga sodiq qolamiz. To'p nazorati va to'g'ri poziciyalarni tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bizda kerakli paytda individual mahoratini namoyish etib, bunday himoyani yorib o'ta oladigan yuqori saviyali futbolchilar bor", dedi 29 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" a'zosi jarohatidan tiklanish jarayonida bo'lgani sababli 1-tur doirasida Kongo DRga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. Biroq u umumiy mashg'ulotlariga qaytgan va O'zbekistonga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Avvalroq himoyachi Tomash Araujuning oxirgi mashg'ulotlarda qatnashmayotgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: A Bola