

Uchrashuvda hisob 23 daqiqada Karen Bayramyan tomonidan ochildi. Mazkur vaziyatda hujumni qanotdan Eldor Shomurodov boshlagandi.
Keyin esa 25 daqiqada moskvaliklar forvardi Luis Adriano penaltini aniq amalga oshirib, oradagi farqni tikladi.
Ikkinchi taymning o'rtalarida Georgiy Djikiya burchakdan oshirib berilgan to'pni rostovliklar darvozasiga joylab qo'yib, Spartakni oldinga olib chiqdi.
Uchrashuvning asosiy bo'limiga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Shomurodov raqib jarima maydoni yaqinida faollik ko'rsatib, to'pni jamoadoshi Roman Eryomenkoga oshiradi va Eryomenkoning uzatmasidan esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Aleksandr Zuev unumli foydalanib, tablodagi yakuniy hisobni belgiladi.
Rostov – Spartak 2:2
Rostov-Arena
Gollar: 1:0 – 23 Bayramyan, 1:1 – 25, penalti Luis Adriano, 1:2 – 66 Djikiya, 2:2 – 90 Zuev.
Rostov – Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Chernov, Sigurdsson, Bayramyan (Zuev, 57), Eremenko, Popov (Saplinov, 80), Normann, Ionov (Gackan, 88), Shomurodov.
Spartak – Maksimenko, Djikiya, Jigo, Ayrton, Eshhenko (Rasskazov, 16), Bakaev (Tashaev, 87), Guliev, Fernando, Zobnin, Luis Adriano, Ponse (Melkadze, 67).
Ogohlantirishlar: Zuev (60), Eremenko (63), Melkadze (73), Bakaev (84), Fernando (88).






