

Shu tufayli Germaniyaning "Adidas" kompaniyasi bilan hamkorlik yakunlanadi. Manba uning quyidagi so'zlarini keltirdi:
"Ishonch bilan aytish mumkinki, 2023 yil bizda "Adidas" formalari bo'lmaydi. Qachon yangi hamkor bo'ladi? Birinchi chorakda. Hozir biz muzokaralar olib bormoqdamiz va yaqin orada yangi texnik homiy paydo bo'ladi".
"Adidas" 2008 yildan buyon Rossiya terma jamoasining texnik homiysi bo'lib kelayotgan edi. Mamlakat bosh jamoasi shu yildan boshlab barcha yirik xalqaro turnirlarda nemis brendi liboslarida maydonga chiqib keldi.



