Rossiya FIFA musobaqalariga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2026, 03:30
FIFA Rossiya terma jamoalarini o'z shafeligidagi musobaqalarga qaytarishi mumkin.

Bugun Xalqaro olimpiya qo'mitasi Rossiya olimpiya qo'mitasi (ROK) huquqlarini vaqtincha tikladi.

Sky News xabariga ko'ra, FIFA XOQ tavsiyalaridan so'ng Rossiya jamoalariga nisbatan qo'yilgan taqiqni olib tashlash imkoniyatini muhokama qiladi.

Rossiya jamoalari 2022-yildan beri FIFA va UEFA shafeligidagi turnirlardan chetlatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky News