

“Olchalar” 29 yoshli italiyalik posbonni mavsum oxirigacha ijaraga olganini e'lon qildi. Avvalroq ingliz klubi darvozabonni bonuslarni hisobga olmaganda 14 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega bo'lishi haqida xabar berilgandi.

29 yoshli Di Gregorio o'tgan mavsum “Yuventus” safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol o'tkazib yuborgan va 17 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.



