Ronalduning onasi: "Menga "Manchester Yunayted" yoqmoqda"

Mirjalol Normatov
15 iyun 2018
"Real" futbolchisi Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyru o'g'lining yangi jamoasi haqida gapirdi.

"U "Real"dan ketganidan keyin qaysi jamoaga boradi? U "Manchester Yunayted"da o'sdi, ulg'aydi. O'g'lim o'sha erga qaytishini istayman. Biroq hayot uniki.

PSJ? Nimaga mumkin emas? Bo'lishi mumkin. Ammo menga "Manchester Yunayted" varianti yoqmoqda", - dedi Dolores.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien