

Ronaldu bu o'yinda to'la 90 daqiqa o'ynadi, lekin samarali harakat qayd etmadi.
"Bizda bitta vazifa bor. Ishni davom ettiramiz. Birgamiz", - deb yozdi Ronaldu o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Shu tariqa Krishtianu jamoasi mamlakat chempionatidagi 16 ta o'yinlik g'alabalar seriyasini to'xtatdi. "Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida 1-o'rinni saqlab turibdi. Jamoa 31 o'yinda 79 ochko to'plagan. 2-o'rindagi "Al Hilol"dan (bir o'yin zaxirada) 5 ochko o'tib ketgan. Ronaldu 2023 yildan beri "Al Nassr"da o'ynaydi. Joriy mavsumda 41 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 33 o'yinda 27 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.



