Ronaldu "Al Nassr"ning "Al Shabab" ustidan qozonilgan g'alabasiga ikki jumlada munosabat bildirdi

8 may 2026, 07:55
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasi 33-turida "Al Shabab"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan (4:2) keyin post yozdi.

Ushbu o'yinda portugaliyalik hujumchi gol urdi va bu uning faoliyatidagi 971-goli bo'ldi.

"Qanday g'alaba bugun! Shu ruhda davom etamiz!" - deb yozdi Ronaldu o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Joriy mavsumi Proligada 41 yoshli futbolchi 28 o'yinda 26 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

"Al Nacsr" Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida 1-o'rinni saqlab turibdi.


Manba: Championat.com