

Ispaniya terma jamoasi finalda Argentinani mag'lub etib (qo'shimcha vaqtda 1:0), turnir g'olibiga aylandi. "Metlayf Stedium" stadionida o'tgan final bahsini 80 663 nafar muxlis bevosita kuzatib bordi.
AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan hamda 104 ta o'yindan iborat bo'lgan ushbu chempionat umumiy tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.
Bundan oldingi rekord 1994 yilgi jahon chempionatida qayd etilgan bo'lib, o'sha musobaqa ham AQSHda tashkil etilgan edi. O'shanda turnir o'yinlariga 3 587 538 nafar muxlis tashrif buyurgan.
Galdagi turnir 2030 yilda Ispaniya, Portugaliya va Marokkoda bo'lib o'tadi. Urugvay, Argentina va Paragvay esa turnirning bittadan ochilish o'yiniga mezbonlik qiladi.



