Ronald Kuman: "Madrid derbisida "Real"ga muxlislik qilaman"

Omonjon To`xtamirzayev
13 dek 2020, 00:27
Bugun "Real Madrid" - "Atletiko Madrid" uchrashuvi bo'lishidan xabaringiz bor.

O'yindan avval Ispaniyaning boshqa bir klubi "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Asosiysi biz bo'lajak o'yinimizni yutib olishimiz zarur. "Atletiko" hozirgacha mag'lub bo'lmaganini inobatga olsak, bugun aynan ular yutqazishini istardim. Bu o'yinda men "Real"ga muxlislik qilaman.

"Barselona" o'ziga yarashmagan o'rinni egallab turibdi. Futbolchilarimiz koncentraciyani yo'qotib qo'yishmoqda. Bu hol ayniqsa standart vaziyatlar va raqib to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritayotganda ko'p uchramoqda. Bizga nimadir yetishmayotgandek", - dedi "Barselona" ustozi.  

Eslatib o'tamiz, "Championat.asia"da derbining matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia