"Real" yozda argentinalik yarim himoyachini qaytarib oladi

26 apr 2026, 18:37
Hozirda Italiyaning "Komo" klubida o'ynayotgan argentinalik yarim himoyachi Nikolas Pas faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, yarim himoyachining qaytishiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Pas 2022 yildan 2024 yilgacha "qirollik" klubi a'zosi bo'lgan, shundan so'ng A Seriyaga yo'l olgan.

Nikolasning "qaymoqlilar" safiga o'tishi yozgi transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin. Yarim himoyachining o'zi "Real"ga qaytishga rozilik berdi. Pas Italiya chempionatining joriy mavsumida 32 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: x.com/FabrizioRomano