"Bavariya" "Real"ning Olisega bo'lgan qiziqishiga munosabat bildirdi

26 apr 2026, 15:31
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl "Real"ning Myunxen klubi vingeri Maykl Olisega qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Avvalroq ispan klub fransiyalik futbolchi uchun 160 million evro to'lashga tayyor ekani xabar qilingandi.

Maykl Olise tegilmaydigan futbolchi. Biz uni sotish haqida bir soniya ham o'ylamaymiz”, - dedi Eberl.

Olise joriy mavsum "Bavariya" safida 46 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Manba: x.com/FabrizioRomano