Roman Vaydenfeller: “JCH-2014da Germaniya termasining 3-darvozaboni bo'lsam ham xursand bo'lar edim”

Narzulla Saydullayev
16 avg 2013
Dortmundning “Borussiya” klubi darvozaboni Roman Vaydenfeller, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev, uni terma safiga olish uchun kuzatayotganligi haqidagi so'zlarini izohlab berdi.

“Yoaxim Lev meni kuzatayotganligidan xursandman. Agar Germaniya terma jamoasiga meni yordamim kerak bo'lsa, jon deb yordam berardim. Terma jamoaning chaqiruviga har doim tayyor turaman.

Albatta 2014 yilgi Jahon chempionatida termaning 3-darvozaboni bo'lsam ham xursand bo'lar edim”, - deydi Vaydenfeller.

Eslatib o'tamiz, 33-yoshli darvozabon haligacha biror marta Germaniya terma jamoasi safida o'ynamagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru