Rojers: “Vardi - dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri”

Eldor Akmurzayev
5 mar 2022
“Lester” ustozi Brendan Rojers hujumchi Jeymi Vardi haqida fikr bildirdi.

“Jeymi jamoaga katta ta’sir o'tkazadi. U APLdagi eng yaxshi hujumchilardan biri. U jamoani kuchaytiradi. Vardi barcha futbolchilarga ishonch bag'ishlaydi.

Jeymi – tug'ma to'purar. U o'z o'yini ustida ishlaydi, bundan tashqari, u o'rganishni yaxshi ko'radi. Vardi juda aqlli, bu esa unga o'yinlarda qo'lga keladi. Vardi oxirgi yillarda dunyoda eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'lganiga shubha yo'q”, deydi Rojers.

35 yoshli o'yinchi joriy mavsum APLda 17 o'yinda qatnashib, 10+2 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail