Robin Van Persi: "Sulsherga vaqt berish kerak. Men murabbiy iste'fosining muxlisi emasman"

Alisher
5 noya 2020, 13:21
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Robin Van Persi CHL 3-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" (1:2)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men murabbiy iste'fosining katta muxlisi emasman. Sulsherga g'oyalarini amalga oshirishi uchun vaqt berish kerak. Umid qilamanki, u vaqt oladi. 

Men futbol muxlisiman, ammo jamoa bu o'yinda yaxshi harakat qilmadi", - deydi Van Persi.

Eslatib o'tamiz, kecha Istanbulda "Istanbul Bashakshexir" "Manchester Yunayted"ni 2:1 hisobida taslim etdi.


AlisherMuallif
Manba: sport.bt.com