Rober Pires Chempionlar ligasining asosiy favoritini aytdi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2021
"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Rober Pires Chempionlar ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi.

Unga ko'ra, hozir Yevropada "Bavariya"dan kuchliroq jamoa yo'q.

"Bavariya" juda kuchli tarkibga ega. Ularda har bir poziciyada yuqori darajali o'yinchilar bor, shuning uchun ular Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun asosiy favoritlardir. Hammasidan ham mudofaa zonasida Kimmix-Gorecka juftligi meni hayratda qoldirdi. Ular bir-birini tushunadilar va kuchli tomonlarini mukammal ravishda to'ldirib boradilar", - dedi Pires.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" birinchi turda "Barselona"ni safarda 3:0 hisobida mag'lub etdi. 2-turda Nagelsmann shogirdlari Kievning "Dinamo" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker