Richards: "Kechagi o'yindan keyin Kulibalining narxi 20 mln evroga tushdi"

Mirjalol Normatov
9 avg 2020
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Mika Richards "Barselona" - "Napoli" (3:1) uchrashuvidan keyin Kalidu Kulibalining o'yiniga baho berdi.

"Kechagi uchrashuvdan keyin Kulibalining narxi 20 mln evroga tushdi. Barcha muxlislar uning to'p bilan yaxshi harakat qilishini, agressiv o'ynashini maqtashadi. Uni Mangalyaga o'xshataman. U "Manchester Siti"da yaxshi o'ynay olmadi. Shu boisdan Kulibali top-klublarda o'ynay olmasa kerak deb o'ylayman. Chunki qiyin raqiblar bilan uchrashuvlarda u o'zini ko'rsata olmayapti", - dedi Richards.

O'tgan mish-mishlarga qaraganda Kulibali yaqin vaqtlar ichida "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express