Retkliff MYUning 25% akciyasini sotib olganidan so'ng jamoada murabbiy o'zgaradimi?

Aslanov Jasurbek
16 okt 2023
Jim Retkliff "Manchester Yunayted" bosh murabbiyini o'zgartirmoqchi emas.

Oldinroq, Ineos kimyo kompaniyasi rahbari yaqin kunlar ichida klubning 25% akciyasini 1,4 mlrd. funtga xarid qilishi, britaniyalik milliarder bilan kelishuv MYU egasining to'liq o'zgarishiga tashlangan birinchi qadamdek ko'rilayotgani haqida yangiliklar e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Retkliff kelganidan so'ng Erik ten Xag "Manchester Yunayted"da qoladi. Biznesmen klubning qarorlariga ta’sir o'tkazishga harakat qilmoqchi, ammo murabbiy o'zgarishi uning rejalariga kirmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN