

Farg'ona va Samarqanddagi muvaffaqiyatli startlardan so'ng, Toshkent milliy final yo'llanmasi uchun kurashishga tayyor bo'lgan 1000 nafardan ortiq futbolchilarning arizalarini jamladi.

Darvozabonsiz 4×4 format va 10 daqiqalik uzluksiz o'yin o'zining tomoshabopligini namoyon etdi: chaqqon hujumlar, gavda bilan bloklar va har bir uchrashuvning dastlabki hamda so'nggi 60 soniyasidagi hal qiluvchi “ikki karra gollar”. Har bir vaziyat o'yin taqdirini o'zgartirishi mumkin edi.
2–3 may kunlari Toshkentda o'tkazilgan Red Bull Four 2 Score saralash bosqichida poytaxtning 64 ta jamoasi ishtirok etdi. Ulardan eng yaxshi 8 ta jamoa milliy final yo'llanmasini qo'lga kiritdi, tomoshabinlar esa yuzlab yorqin lahzalar va keskin yakunlarning guvohi bo'lishdi.

“Bizning “POSITIVE TM” jamoamiz Red Bull Four 2 Score Uzbekistan 2025 milliy chempioni bo'lgan edi va bugun pley-offning ilk o'yinida bizga juda qiziqarli raqib - 2024 yil g'olibi bo'lgan EVEREST jamoasi duch keldi, - deydi “POSITIVE TM” jamoasi sardori Omonjonov Elyor. - Bugun biz EVEREST jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdik, bu esa ruhiyatimizni ko'tardi va bizga yanada kuch bag'ishladi. Yakuniy o'yin natijasiga ko'ra esa milliy final yo'llanmasini qo'lga kiritdik.”
Toshkent saralash bosqichi mintaqaviy turning kulminaciyasiga aylandi va Red Bull Four 2 Score musobaqasining O'zbekistondagi mashhurligini yana bir bor tasdiqladi.
Milliy finalga yo'llanma olgan jamoalar:Richmond, Progress, FC Keles, LAVHA, CHELANO, Positive TM, Neftegaz, TTZ Team

Milliy final yaqinlashmoqda
Farg'ona, Samarqand va Toshkentning eng kuchli jamoalari mavsumning asosiy voqeasi - 17 may kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol majmuasi hududida bo'lib o'tadigan Red Bull Four 2 Score milliy finaliga tayyorgarlik ko'rmoqda. G'olib jamoa kuzda Toronto shahrida bo'lib o'tadigan jahon finalida O'zbekiston sharafini himoya qilish huquqini qo'lga kiritadi.
Voqealarni kuzatib boring:
Instagram: @RedBull.uz
#Four2ScoreUZ
Red Bull Four 2 Score tezkor fikrlash, zarba aniqligi va jamoaviy uyg'unlikni sinovdan o'tkazadi. Toshkent bir narsani isbotladi: O'zbekiston ko'cha futboli xalqaro darajaga chiqishga tayyor.
