Mourinyu "Real"ni boshqarishga qarshi emas

Sherzod Nurmatov
23 apr 2026, 16:50
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyu oradan 13 yil o'tib yana "Real"ga qaytishga tayyor.

Manbaga ko'ra, 63 yoshli portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh bu haqda "Real" rasmiylariga xabar bergan va ularga "Benfika" bilan amaldagi shartnomasidagi tovon puli bandi ham ma'lum qilingan.

Mourinyu 2025/26 yilgi mavsum oxirida "Benfika" bilan bitimini bekor qilishi mumkin, bu esa "Real"ga qaytish yo'lini ochadi. Agar kerak bo'lsa, u buni qilishga tayyor, garchi ko'p narsa klub prezidenti Florentino Peres uning klubga qaytishini maqul ko'rishiga bog'liq bo'lsa ham.

Mourinyu "Benfika"da 2025 yilning sentyabridan beri ishlab kelmoqda va uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. U 2010 yildan 2013 yilgacha "qaymoqranglilar"ga murabbiylik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS