"Real" sobiq o'yinchisi Varan Zinedin Zidanning qanday murabbiyligini aytdi

Administrator
19 fev 2025
"Real" va Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rafael Varan oldinroq "qaymoqranglilar"ni boshqargan Zinedin Zidanning qanday murabbiy ekanligini aytdi.

"U juda xotirjam, pozitiv, doim o'yinchilarini himoya qilishga tayyor. Murabbiy o'z o'yinchilarida shunday o'ziga ishonchni uyg'otsa, futbolchilar ham bunga shunday javob berishni xohlashadi", - dedi Varan.

52 yoshli fransiyalik mutaxassis 2016 yildan 2018 yilga qadar va 2019 yildan 2021 yilgacha Madridning "Real" klubi ustozi bo'lgan va bir necha sovrinlarga ega chiqqan.


AdministratorMuallif
Manba: New York Times