"Real" prezidenti Mbappedan norozi

Sherzod Nurmatov
15 noya 2024
"Real" prezidenti Florentino Peres yozda "galaktikos" safiga qo'shilgan fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening hozirgi holatidan nolimoqda.

Peres fransiyalik futbolchining Krishtianu Ronaldu davridagidek maydonda jamoa yetakchisi emasligidan xursand emas, chunki "Real" Mbappeni portugaliyalik hujumchining vorisi sifatida ko'rgandi.

Qayd etilishicha, Florentino Peres "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan so'nggi suhbatida futbolchidan noroziligini bildirib, Kilian Mbappe tezroq jamoa yetakchisiga aylanishi kerakligini aytgan.

Mbappe joriy mavsum "Real" safida 16 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo