"Real" o'z futbolchisini "Manchester Siti"ga qo'yib yubormadi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2018
"Real" rahbariyati yarim himoyachi Mateo Kovachichni "Manchester Siti"ga qo'yib yuborishni istamadi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati xorvatiyalikni 90 mln evroga baholagan. Biroq "shaharliklar" yarim himoyachi uchun buncha mablag' to'lay olmasligini ma'lum qilgan. Shu boisdan tomonlar kelisha olishmayapti.

O'tgan mavsumda Kovachich Primeroda 21 uchrashuvda qatnashib, 3 golli pasga mualliflik qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports