Tonali - MYUning ustuvor maqsadi. "Man Siti" "Nyukasl" xavbeki vaziyatini kuzatib bormoqda

29 mar 2026, 17:14
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali "Manchester Yunayted" sotib olmoqchi bo'lgan futbolchilar ro'yxatida birinchi o'rinda turibdi, deya xabar bermoqda jurnalist Matteo Moretto.

Uning o'tish ehtimoli yaqin haftalarda ma'lum bo'ladi.

"Manchester Siti" ham taxminan 100 million evroga baholanayotgan italiyalik futbolchi bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

25 yoshli futbolchining "qarg'alar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda Tonali APLda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: x.com/MatteMoretto