

Bu kelishmovchiliklar argentinalik mutaxassisning klubdagi kelajagiga ta’sir o'tkazishi mumkin.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "matraschilar" Simeonega o'rinbosar qidirish ishlarini boshlab yuborgan. Ushbu mavsum yakunlarida murabbiy jamoani tark etishi ehtimoli mavjud. Takidlanishicha, murabbiy taqdiriga Alemani bilan bo'lgan ziddiyatlardan ko'ra, jamoa natijalari ko'proq ta’sir ko'rsatishi mumkin. Argentinalik mutaxassis klub rahbariyati ishonchini qayta tiklash uchun "Atletiko" natijalarini yaxshilashi talab etiladi.
Ma'lum qilinishicha, "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola Simeonening ehtimoliy o'rinbosari sifatida asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Biroq ispaniyalik murabbiy Angliya chempionatida faoliyatini davom ettirishni afzal ko'rmoqda.
Diego Simeone madridliklar jamoasini 2011 yil dekabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida "Atletiko" ikki marta Ispaniya chempioniga aylandi hamda Yevropa ligasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Hozirda La Liganing 22 turidan keyin "Atletiko" 45 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Chempionlar ligasi umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra esa jamoa 14-o'rinni band qildi va pley-off bosqichida ishtirok etadi.



