"Atletiko" Syorlotni 35-40 mln evro evaziga sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
25 dek 2025
Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, "Atletiko" jamoa hujumchisi Aleksandr Syorlotni sotish variantini ko'rib chiqmoqchi.

Manbaga ko'ra, agar klubga munosib taklif tushsa, madridliklar uni ko'rib chiqishga tayyor. "Atletiko" 30 yoshli futbolchi uchun 35-40 mln evro talab qilmoqda.

Syorlot madridliklar safida 2024 yilning yozidan beri to'p tepib keladi. Norvegiyalik hujumchi 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 22 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 20 mln evro deb baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Gazeta Express