Roberto Di Matteo murabbiylik faoliyati tiklash haqidagi savolga javob berdi

Administrator
31 dek 2026, 21:56
Murabbiy uchun murabbiylik sahifasi yopilganmi?

Londonning "Chelsi" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Di Matteo o'z faoliyatini davom ettirish mavzusida fikr bildirdi.

- Siz doimo murabbiy bo'lishni xohlaganmisiz?

- Yo'q. Futbolchilik faoliyatim davomida bu haqda o'ylamaganman, hatto uni tugatganimdan so'ng ham bunga ishonchim komil emas edi. Bu rejalashtirilmagan edi.

- Nima uchun so'nggi paytlarda Angliyada murabbiylik qilmadingiz?

- "Aston Villa"dan keyin futbolda turli rollarda o'zimni sinab ko'rdim va hayotimda yaxshi muvozanat topdim. Hali ham takliflar olaman, ammo ular ilgarigidan kamroq. Hozir qilayotgan ishimdan juda mamnunman.

- Siz uchun murabbiylik hayotingizning yopiq sahifasimi?

- Yo'q, aslo unday emas. Shunchaki, hozirda bu sohada faol ish qidirish bilan shug'ullanmayapman. Ammo kelajakda nima bo'lishini kim biladi?" - deya Di Matteoning so'zlarini keltiradi Livesport Daily nashri.


AdministratorMuallif
Manba: Livesport Daily