"Real" oilasini yo'qotgan marokashlik bolani akademiyasiga taklif qildi

Omonjon To`xtamirzayev
15 sen 2023, 14:24
"Real" Marokashda er qimirlashi oqibatida oilasini yo'qotgan bolakayni o'z akademiyasiga taklif qildi.

Abdul Raxim Avida mahalliy OAVga ko'z yosh bilan intervyu berayotganda aynan "qaymoqranglilar" futbolkasida edi.

Ispan klubi telekanal orqali bolakayni tog'asini topdi va Abdul Avida bilan aloqaga chiqa oldi.

Abdul otasining orzusini ro'yobga chiqarmoqchi: doktor yoki o'qituvchi bo'lish. "Real" bu yo'lda Avidaga yordam beradi va o'qishini taminlaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: thesun.co.uk