"Real" Militaoni London klubiga sotadi

11 yanv 2021, 20:10
Madridning "Real" klubi futbolchisi Eder Militao qishki transfer oynasida "Tottenxem" tarkibiga borib qo'shiladi, deya xabar tarqatdi "Mundo Deportivo".

Takidlanishicha, 22 yoshli braziliyalik himoyachi "shporlar" uchun 34 million evroga tushadi. 

Ederning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali uni 30 million evroga baholamoqda.

Valdano: Ronaldu "Real"dan ketdi va "Oltin to'p"siz qoldi 


Manba: Mundo Deportivо