

"Real" xorvatiyalikni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi allaqachon futbolchining transferi bo'yicha rasmiy taklif yuborgan.
Yoshko Gvardiol joriy mavsum "Manchester Siti" safida 24 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.



