"Real" 2020 yilda 30 mln. evroga sotib olib, biror marta maydonga tushmagan futbolchisini sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2024, 16:34
"Real" yarim himoyachi Reynerni sotmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi 2020 yilda futbolchi uchun to'langan 30 mln. evroning bir qismini bo'lsa ham qaytarish umidida.

Reyner "Real" safida birorta o'yin o'tkazmadi. U 2020 yildan beri ijarada "Borussiya", "Jirona" va "Frozinone" sharafini himoya qildi.

"Qirollik klubi" braziliyalikning navbatdagi ijarasini ko'rib chiqishi mumkin, ammo futbolchini sotishga umid qilishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As