

Madridliklar "Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rojers transferini ko'rib chiqmoqda. “Qaymoqranglilar” futbolchini 100 million evroga sotib olishi mumkin.
Morgan Rojers o'tgan mavsumda "Aston Villa" safida 55 ta o'yin o'tkazdi. Unda yarim himoyachi 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxini 90 million evroga baholamoqda.



