Rays Arteta bilan bog'liq qiziq voqeani aytib berdi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2023
"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays "kanonirlar" safidagi ilk kunini esladi.

"Men yakshanba kuni qarorgohga birinchi marta kelganimda, asosiy tarkib yigitlari u yerda yo'q edi. Men fizioterapiya xonasidan chiqib keldim va Arteta odatda qiladigan kichik ishlaridan birini qildi. U menga "Salom, men yangiman!" degan stikerni yopishtirib qo'ydi. Shunchaki yonimga keldi va nakleykani ko'ksimga yopishtirdi. Bu ishni murabbiy qilgani uchun shunday yurishimga to'g'ri keldi", – dedi Rays "Tubes and Ange Gold Life" podkastida.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Deklan Raysni "Vest Xem"dan 116,6 million evro evaziga sotib olgandi. Bu "kanonirlar" tarixidagi eng qimmat transfer bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tubes and Ange Gold Life