

"Men tasdiqlashim mumkinki, Dortmundga muzokaralar uchun uchib bordim. Cork bizga "Borussiya" yozda Xolandni sotmoqchi emasligini aytdi. Men uning qarorini hurmat qilaman, ammo bu uning fikriga rozi ekanligimni bildirmaydi", - deydi Rayola.
20 yoshli norvegiyalik futbolchi "Borussiya" safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 10ta assist qayd etdi.
Erlingning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, uning transfer narxi 110 million evroga baholanmoqda.



