"Rayo Valekano" Falkao bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
9 noya 2021, 23:13
"Rayo Valekano" hujumchi Radamel Falkaoni tarkibida saqlab qolmoqchi.

"COPE" xabariga ko'ra, tomonlar ayni damda kelishuvga erishish arafasida. Yangi shartnoma 2023 yil yoziga qadar davom etadi. Madrid klubi 35 yoshli kolumbiyalik bilan kelishuv uzaytirilganini yaqin vaqtlar ichida e'lon qilishi kutilmoqda.

Falkao ushbu mavsumda LaLigada 8 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: COPE