"Jarima maydonchasida yiqilishga o'rganib qolishgan". Laporta "Real Madrid" futbolchilarini simulyaciyada aybladi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2026
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real Madrid"ning "Rayo Valekano" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni bo'lib o'tgan bahsda madridliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. G'alaba goli 100-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan penaltidan kiritildi. Penalti esa Braim Diasning yiqilishidan so'ng belgilangan edi.

"Men "Madrid"ning "Rayo"ga qarshi o'yinini kuzatdim. Hakam qayerdan 9-10 daqiqa qo'shib berganini tushunmadim. Jarima maydonchasi ichida yiqilishga odatlanib qolgan bazi futbolchilar o'zlariga kimdir tegib ketgandek ko'rsatishdi. Bunday vaziyatda simulyaciya uchun sariq kartochka berish kerak edi. Qarorlar "Rayo" foydasiga ishlamaganini ko'rdim", - dedi Laporta.

Ma'lumot uchun, ushbu g'alabadan so'ng "Real Madrid" turnir jadvalida peshqadam "Barselona" bilan oradagi farqni 1 ochkogacha qisqartirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As