

- O'zbek futboliga 10 yil xizmat qilgan, futbolimizga 10 yil rahbarlik qilgan Mirabror Zufarovich Usmonov xotirasiga bag'ishlangan musobaqalar har yili o'tkazilmoqda. Shunday turnirlar orqali o'zbek futboliga o'z hissasini qo'shgan Mirabror Zuafarovich Usmonovni eslab turish yaxshi qadriyat deb bilamiz. Saudiya Arabistoni va Yaponiya bilan shunday musobaqa tashkil qilish yoshlarimizga yaxshi tajriba beradi deb o'ylayman. Stadionga kelgan muxlislar ham o'yindan zavqlanishdi.
- O'zbek xalqini qiziqtirayotgan juda muhim savol bor. O'zbekiston terma jamoasi JCH oldidan qaysi jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi?
- Sentyabrda Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida musobaqa tashkil qilamiz. Bu turnir JCH uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Keyingi bahslarni e'lon qilishga biroz erta. Bir to'xtamga kelganimizdan so'ng bu haqida ma'lumot beramiz.
- Yevropa va Amerika jamoalari bilan muzokaralar o'tkazilyapti, shundaymi?
- Bor, bizni xalqaro o'yinlar kutib turibdi.



