

"Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovni iste'foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmatisaytimizga xabar berdi. Xabaringiz bor, chempionlik uchun kurashayotgan "temiryo'lchilar" kecha Qo'qonda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'lib 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Abramov bilan birga Marat Miftaxutdinov ham jamoadan ketgan. Mavsumning qolgan 5ta o'yinida "Lokomotiv"ni Mirko Yyelichich bosh murabbiy sifatida maydonga olib tushadi. Unga Andrey Miklyaev yordam beradi.
"Lokomotiv" klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy nomzodini o'rganib chiqishni boshladi.
"Lokomotiv" klubi matbuot xizmati


