Rasmiy xabar: Artyom Filiposyan - “Surxon” futbolchisi!

Narzulla Saydullayev
14 fev 2023
"Surxon" navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Endi klub sharafini taniqli himoyachi Artyom Filiposyan himoya qiladi. O'z davrida Filiposyan O'zbekiston Milliy terma jamoasida ham o'ynagan (13 ta uchrashuv). Tajribali markaziy himoyachi 2011 yilda “Nasaf” tarkibida OFK Kubogini qo'lga kiritgan

Filiposyanning faoliyati:


2006 - “Mashal”
2009 - “Nasaf”
2012 - “Bunyodkor”
2014 - “Lyaonin”, Xitoy
2014 - “Lokomotiv”
2015 - "Bunyodkor" va "Dinamo"
2016 - “Buxoro”
2019 - “Prachuap”, Tailand
2020 - “TR Kabo”, Indoneziya
2021 - “Prachuap”, Tailand
2021 - “Muankang Yunayted”, Tailand
2022 - “So'g'diyona” va AGMK




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати