O'tgan mavsum “Qo'qon-1912" jamoasida harakat qilgan uch nafar tajribali futbolchi “Mashal”da

Khoja
17 yanv 2024
O'tgan mavsum “Qo'qon-1912" jamoasida harakat qilgan Jamshid Hasanov, Azamat Isroilov, Artyom Filiposyan faoliyatini Muborakda davom ettirishi mumkin.

Hozirda barcha futbolchi “Mashal” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Hozircha klub futbolchilar bilan shartnoma imzolagani borasida aniq ma'lumot yo'q.

2023 yilgi mavsumda Azamat Isroilov "Qo'qon-1912" safida 6ta o'yinda maydonga tushib 1ta golli uzatmani amalga oshirgan. Jamshid Hasanov esa 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan va u ha hisobida 1 ta golli uzatma yozib qo'ygan. Qo'qonliklar safiga ikkinchi davrada kelib, qo'shilgan Filiposyan esa o'tgan mavsum Pro ligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia