Rasman: "Tottenxem" himoyachisi "Milan" bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 avg 2024, 12:33
"Tottenxem" himoyachisi Emerson "Milan"ga o'tdi.

Futbolchi milanliklar bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolagan. E'tiborli jihati, tomonlar shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishi ham mumkin.

Eslatib o'tamiz, Emerson o'tgan mavsum APL doirasida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. 



Lautaro Martines "Inter" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: acmilan.com