Rasman: Tomas Parti "Vilyarreal" futbolchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025
"Arsenal"ning ganalik yarim himoyachisi Tomas Parti rasman Ispaniya chempionatiga o'tdi.

Gana terma jamoasi 32 yoshli yarim himoyachisi endi "Vilyarreal"da o'ynaydi. Ispaniya jamoasi jamoatchilikka yarim himoyachi bilan 2026 yilning yoziga qadar amal qiladigan, yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin bo'lgan mehnat shartnomasi imzolangani haqida ma'lum qildi.

35 o'yin, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma – bu Partining Angliya chempionatining so'nggi kampaniyasidagi statistikasi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: villarrealcf.es