Rasman: Rasul Yo'ldoshev - "Dinamo" futbolchisi

Alisher Ostonov
28 dek 2025
Samarqandning "Dinamo" klubi o'z safiga so'nggi mavsumlarni "Bunyodkor"da o'tkazgan yarim himoyachi Rasul Yo'ldoshevni qo'shib oldi.

2026 yilgi mavsum oldidan selekciya ishlarini davom ettirayotgan "Dinamo" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qiladi.

O'tgan mavsumlarni Bunyodkor safida o'tkazib, 130 ta o'yinda maydonga tushgan Rasul Yo'ldoshev "Dinamo" PFK bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Vadim Abramov qo'l ostidagi o'yinlari bilan tanilgan 25 yoshli yarim himoyachi O'zbekiston U21 va olimpiya jamoalarida ham to'p surgan. U o'tgan mavsum 27 o'yinda maydonga tushgan.

Ishonamizki, Rasul Yo'ldoshev Samarqanddagi faoliyati orqali "Dinamo" bilan yangi marralarni zabt eta oladi.

"Dinamo" oilasiga xush kelibsiz, Rasulbek!

Biografiya: Rasul Hamza o'g'li Yo'ldoshev

Tug'ilgan sanasi: 26 oktyabr, 2000 yil.

Tug'ilgan joyi: Samarqand viloyati, Narpay tumani

Ampluasi: Yarim himoyachi

To'p surgan klublari: OKMK (2019), Bunyodkor (2020-2025)", - deyiladi klub xabarida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати