Rasman: O'zbekiston futzal MTJ, yoshlar, o'smirlar va ayollar terma jamoalariga murabbiylar tayinlandi

Sherzod Nurmatov
14 fev 2025
Toshkent shahridagi "Lotte City Hotel Tashkent Palace" mehmonxonasining konferenc-zalida O'zbekiston futzal federatsiyasining yig'ilishi davom etmoqda.




Unda O'zbekiston futbol associaciyasi va O'zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati tomonidan "O'zbekistonda futzalni rivojlantirishning 2025 - 2028 yillarga mo'ljallangan strategiyasi" hamda mamlakat futzal terma jamoalarining yangi bosh murabbiylari tanishtirildi.

Ma'lum qilinishicha, BMB klubi bilan ketma-ket 3 yil chempionlikni qo'lga kiritgan Nodir Eliboev terma jamoaning yangi bosh murabbiyi bo'ldi. 

Bu haqda Championat.asia sayti 24 yanvarda "Eshitdik-da" rukni ostida xabar bergandi. Oradan 1 kun o'tib Eliboevning o'zi buni mish-mish deb atagan edi.

Shuningdek, O'zbekiston ayollar termasida Farruh Zokirov, O'zbekiston yoshlar terma jamoasida Konstantin Sviridov, o'smirlar termasida esa Dilshod Rahmatov bosh murabbiy lavozimini egalladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/Futsal_Uzbekistan