Rasman: Lyuka Din "Barselona" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2016
"Barselona" PSJ himoyachisi Lyuka Dinni o'z safiga qo'shib oldi, deb xabar bermoqda Kataloniya klubi rasmiy sayti.

"Ko'k-anorranglilar" 22 yoshli futbolchi uchun 16,5 mln. evro sarflashdi. Din shartnomasidagi yangi badal puli 60 mln. evro. Lyuka va "Barselona" o'rtasidagi shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.

Lyuka Din so'nggi mavsumni "Roma" safida ijarada o'tkazgan edi.


Saytimizning Telegramdagi rasmiy kanaliga obuna bo'ling: "Championat.asia"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia