Rasman: "Lion" Jerom Boateng bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2021, 19:01
"Bavariya" sobiq himoyachisi Jerom Boateng faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.

Yaqinda 33 yoshni qarshilaydigan futbolchi "Lion"ga erkin agent sifatida qo'shildi. U francuz klubi bilan 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Germaniyalik himoyachi 2011/12 yilgi mavsumdan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelgan hamda joriy yilning 1 iyulida shartnomasi yakunlangach, erkin agent hisoblanardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ol.fr