

"Muxlislarimiz uchun navbatdagi yangi transferni e'lon qilishdan mamnunligimizni izhor qilmoqchimiz.
“Andijon” jamoamiz tarkibni kuchaytirish uchun olib borayotgan selekciya doirasida bu safar yana bir tajribali futbolchi - Islom To'xtaxo'jaev bilan kelishuvga erishildi.
1989 yilning 30 oktbyar sanasida Farg'onada tavallud topgan markaziy himoyachi o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan ijrochilardan biri sanaladi.
2023 yilning yarmidan buyon OKMK sharafini munosib himoya qilib kelgan To'xtaxo'jaev 2026 yildan e'tiboran “Andijon” safida to'p tepadi.
Islom “Neftchi”, “Lokomotiv”, “Lyaoning” (Xitoy), “Qizilqum”, “Al Garafa” (Qatar) singari klublarda ham o'ynagan", – deyiladi xabarda.

To'xtaxo'jaev shu kungacha 427 o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urgan va 10 ta assistni amalga oshirgan.
O'zbekiston milliy terma jamoamiz tarkibida 78 o'yinda qatnashgan va 2 ta gol muallifi bo'lgan. Uch karra O'zbekiston chempioni va ikki karra Kubok sohibi hisoblanadi.



